Diqqat!

Ushbu websaytda siz topadigan barcha ma'lumotlar w3schools.com ga tegishli, yoki ana shu ma'lumotlar yordamida hosil qilingan bo'lib, faqatgina uning o'zbekcha tarjima varianti deb olinsin. Sayt o'zida hech qanday mualliflik huquqini saqlamaydi va hozircha w3schools.com tomonidan rasman tasdiqlanmagani, tahrirlashdan to'liq o'tkazilmagani sabab test rejimida deb hisoblansin.

Tarjimaga ega bo'lmagan barcha qolgan qo'llanmalar, sayt kontaktlari va albatta, sayt taqdim qiladigan sertifikatlar uchun havolalar rasmiy saytning o'zidagi dizayn bo'yicha berib o'tilgan.

w3schools-com.uz    saytiga hush kelibsiz!

Ushbu sayt w3schools.com rasmiy websayti uchun o'zbekcha tarjima varianti sifatida taqdim etiladi. Rasmiy saytning o'zida bo'lganidek, qo'llanmalardan foydalanish — o'qib-o'rganish butunlay bepul va hech qanday ro'yxatdan o'tish(регистрация)larni talab qilmaydi.

Qo'llanmalarni istalgan vaqt, istalgancha o'qib-o'rganishingiz, shuningdek, har qanday vaqt w3schools.com sertifikatlari uchun rasmiy saytning o'zidan imtihon topshirib olishingiz mumkin, bunda sizga hech qanday cheklov qo'yilmaydi.

Ushbu saytning uni boshqa manbaalardan ajratib turuvchi asosiy farqi siz o'rganadigan barcha bilimlaringizni amalda saytning o'zida ham ko'rib, ham tajriba qilib, sinovdan o'tkazib o'rganishingiz mumkin bo'ladi.

Tarjimaga ega bo'lmagan barcha qolgan qo'llanmalar, sayt kontaktlari va albatta, sayt taqdim qiladigan sertifikatlar uchun havolalar rasmiy saytning o'zidagi dizayn bo'yicha berib o'tilgan. Agarda biron havolani bossangiz-u, butun sayt ingliz tilida bo'lib qolsa, demak bilingki, siz mavjud tarjima qilingan qo'llanmadan "tashqariga chiqqan" bo'lasiz va tarjimasi mavjud bo'lmagan qo'llanmalar uchun qo'yilgan havolani bosgan holda rasmiy w3schools.com ga kirgan bo'lasiz.

Hozircha SQL qo'llanmasi bizdagi tarjima qilingan yagona manbaa hisoblanib, rasmiy sayt tasdig'idan o'tgan va davlat tomonidan qo'llab quvvatlana boshlagan zahoti tarjima ishlari yana davom ettiriladi.

↓ SQL Qo'llanmasini o'rganishni boshlash uchun unga berilgan quyidagi maxsus tugmani bosing:

SQL Qo'llanmasi


Ushbu qo'llanma sizga SQL (sikuel) so'rovlar tilini o'rgatadi. Shuningdek, qo'llanmani o'qish davomida MySQL, SQL Server, hamda MS Access uchun berilgan funksiyalar ro'yxati bilan tanishish orqali ushbu MBBT larda professional darajada ishlay oladigan bo'lasiz.

Rasmiy saytga ham istisno, ham qo'shimcha sifatida ayrim funksiyalarga misol qilib beriladigan so'rovlar uchun ularni ayni MBBT larda ishga tushirib ko'rilgani "Natijani amaliy tekshirish" tugmasi orqali ko'rsatib o'tiladi. Bunday sahifalarda qo'llanma uchun belgilab olingan o'quv "Northwind" MB sini yuklab olishingiz ham mumkin bo'ladi. Ushbu MB MS Access uchun tayyor holda; MySQL va SQL Server lar uchun oldindan tayyorlangan, MB ni hosil qilib beruvchi buyruqlar to'plami sifatida berilgan.

Maslahat: Har bir SQL buyrug'i uchun qisqa va tushunarli ta'riflar berishga harakat qildim, ammo shunda ham sizga birinchi o'qishning o'zida tushunarli bo'lmasligi mumkin. Qayta-qayta bu ta'riflarni o'qib chiqish yordam bermaydi. Bunday hollarda darrov ushbu buyruqlar uchun misol sifatida beriladigan so'rovlarni ko'rib chiqing. Ishonamanki, bu yo'l sizga yordam beradi. Hatto men bu qo'llanmani undagi misol qilib berilgan so'rovlar mazmun mohiyatni menga ko'rsatib turmaganda tarjimani eplolmagan bo'lardim.

Quyidagi odamlarga ushbu qo'llanmani tarjima qilishimdagi yordamlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman:

  • Ushbu loyihalarimda menga rahbarlik qilayotgan, "Ma'lumotlar bazasini boshqarish xavfsizligi" fanidan dars bergan ustozim — G'aniyeva Sh. ga barcha ko'rsatgan yordami va motivatsiyasi uchun;
  • Kursdoshim — G'ofurov O. ga, ushbu saytni yaratishda yaqindan ilmiy maslahatlar bergani uchun;
  • Yana bir kursdoshim — Arapov A. va jiyanim — Qosimjonov A. larga, amaliy yordamlari uchun;
  • "Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari" fani o'qituvchim — Burxonova M. ga, menga birinchi bor MB bilan ishlash haqida tushuncha va bilimlar bergani uchun.